Yangiliklar
«ENERGO-IT» filiali: ma'muriy, dispetcherlik va texnologik aloqa sifati ta'minlanmoqda
  • 15.02.2023
  • 302

⚡️ «ENERGO-IT» filiali ishchi-xodimlari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tarkibidagi filial hamda tarkibiy bo‘linmalar, “Energiya” koordinatsion dispetcherlik markazi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tasarrufidagi «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi uchun ma'muriy, dispetcherlik va texnologik aloqa, shu bilan birga, teleaxborot kanallari uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun samarali mehnat qilishmoqda.

Shuningdek, Filialning mehnat muhofazasi bo‘yicha mas'ul xodimi tomonidan xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, ish joylarining sanitariya holati nazorati, ishchi-xodimlarning maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlanganligi darajasi nazorat etilmoqda.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

>