Yangiliklar
«Samarqand MET» filialida «Xavfsizlik texnikasi kuni» tadbirlari o‘tkazildi
  • 14.02.2023
  • 307

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali direktorining tegishli buyrug‘iga asosan Samarqand viloyatida joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiya hamda elektr tarmoqlari ob'ektlarida «Xavfsizlik texnikasi kuni» tadbirlari o‘tkazildi.

⚡️ Tadbir davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, xavfsiz ish sharoitini yaratish qoidalari hamda xodim jarohat olganga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, olingan bilim va ko‘nikmalar test savollari orqali mustahkamlandi.

✍️ «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali Xavfsizlik texnikasi guruhi

Veb-sahifaFacebookInstagramYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>