Yangiliklar
14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
  • 14.02.2023
  • 710

Temuriylar sulolasi vakili, oʻzbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondasi — Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevral kuni dunyoga kelgan. Bu yili shoh va shoir tavalludining 540 yilligi nishonlanmoqda.

Turkiy adabiyotning eng mashhur vakillaridan biri, o‘zining ijobiy faoliyati va kuchli siyosati bilan dunyo tarixida o‘chmas nom qoldirgan buyuk shoh va shoir Amir Temurning munosib vorislaridan bo‘ldi.

Bobur ota tomondan Amir Temurning beshinchi avlodi edi. Uning otasi Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi Qutlugʻ Nigorxonim esa Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi boʻlgan.

Ingliz olimi Uilyam Erskin Bobur haqida shunday degandi: “Saxovati va mardligi, isteʼdodi, ilm-fan, sanʼatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʻullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi”.

Veb-sahifaFacebookYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

>