Yangiliklar
2022-yil SARHISOBI. 4-sonli: «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali — sog‘lom va betalofat ish muhitini yaratish, elektr energetika sohasining ilg‘or jamoasi sifatida shakllanish sari
  • 08.02.2023
  • 572

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialining asosiy vazifasi — elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi korxonalardan qabul qilib, hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga uzatishni, shuningdek, boshqa davlatlarning elektr energetikasi tizimlari va magistral elektr tarmoqlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirishdan iborat.

 

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialida, 2022-yil davomida elektr tarmoq xo‘jaligi obyektlari, ya’ni 500 kV kuchlanishli «O‘zbekiston», 220 kV kuchlanishli «O‘zgarish», «Farg‘ona», «Povulg‘on», «Sokin», 110 kV kuchlanishli «2A» podstansiyalari hamda umumiy uzunligi 591,322 kilometrni tashkil etgan 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalariga texnik xizmat ko‘rsatish hamda podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini tashkil etish kabi keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

t.me/uzmetaxborotxizmati/13136

Jumladan: 2022-yil mobaynida filial tarmoqlari orqali 9562637,284 ming kVt•soat elektr energiyasi transportirovka qilindi. Elektr energiyasini uzatish jarayonidagi texnologik sarfi 188040,413 ming kVt•soatni yoki 1,97 % tashkil qildi.

Elektr energiyasini tejash bo‘yicha tashkiliy tadbirlar rejasiga asosan 1583,701 ming kVt•soat iqtisod qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, amalda 3120,586 ming kVt•soat, ya’ni 197,1% elektr energiyasi iqtisod qilindi.

Podstansiyalarning xo‘jalik ehtiyoji uchun iste’mol qilinadigan elektr energiyasining sarfi bo‘yicha belgilangan reja 710,000 ming kVt•soat bo‘lib, haqiqatda 499,123 ming kVt•soat iste’mol qilindi. Buning natijasida 186,097 ming kVt•soat iqtisod qilindi.

Elektr qurilmalarni sifatli ekspluatatsiya qilish — oldimizdagi muhim vazifalarimizdan biri.

t.me/uzmetaxborotxizmati/13891

2022-yil mobaynida 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining 53,6 kilometr qismida mukammal ta’mir ishlari bajarildi va «O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona hududiy bo‘limidan nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi. Bu tasdiqlangan rejaga nisbatan 100 foizni tashkil etdi. Joriy ta’mir ishlari elektr uzatish liniyalarining 47,4 kilometr qismida amalga oshirilib, belgilangan rejaga nisbatan 100 foizga bajarildi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ mablag‘lari hisobiga xarid qilingan zamonaviy LK–160/220 rusumidagi polimerli izolyatorlardan 27 donasi filial tasaruffidagi 220 kVli elektr uzatish liniyalarida o‘rnatildi, 155 dona jismonan va ma’nan eskirgan PF va PS rusumidagi izolyatorlar PS rusumli izolyatorlarga almashtirildi. Bu orqali yuqori kuchlanishli liniyalarda elektr energiyasini o‘tkazishdagi mustahkamlik, ya’ni elektr ta’minoti ishonchliligi oshirildi.

Shuningdek, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi hududidan o‘tgan L-P-Uz, L-S-L-1 havo tarmog‘idagi tayanchlarga 160 dona qushlarga qarshi moslamalar o‘rnatildi. Podstansiyalardagi 220, 110 va 35 kV kuchlanishli o‘chirgichlarning 10 donasi mukammal ta’mirlandi va 49 dona o‘chirgichlarda joriy ta’mir ishlari bajarildi.

t.me/uzmetaxborotxizmati/13052

2022-yilda mavjud havo kompressorlarining 1 donasi mukammal ta’mirlandi. 8 dona avtotransformatorlarda joriy ta’mirlash ishlari tasdiqlangan rejaga ko‘ra tashkil etilgan holda to‘liq bajarildi.

Bino va inshootlarni davriy ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish va estetik holatini yaxshilash maqsadida, 220 kVli «Farg‘ona» podstansiyasi asosiy boshqaruv binosining tashqi fasadi to‘liq ta’mirlandi. Podstansiya hududida betonli yo‘laklar va bardyur to‘siqlari o‘rnatildi, shuningdek, podstansiya xodimlari uchun hojatxona qurilishi yakunlandi.

t.me/uzmetaxborotxizmati/15702

Eksplutatsiya ishlari va boshqa turdagi ishlarni amalga oshirishda avtotransport vositalari va mexanizmlarning munosib xizmati beqiyos. Joriy-yilda Filial tasarrufidagi 22 dona maxsus avtotransport va mexanizmlar ta’mirlanib, umumiy qiymati 151,355 mln. so‘mlik ishlar bajarildi.

2022-yil mobaynida ishchi-xodimlarning bilim-saviyasini aniqlash va malakasini oshirish maqsadida 347 nafar mutaxassislar bilim sinovlaridan o‘tkazildi.

Barcha obyektlarimizda avariyali holatlarni oldini olish va tezkor bartaraf etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan avariyaga qarshi 81 marta va yong‘inga qarshi 73 marta amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

t.me/uzmetaxborotxizmati/9792

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16 sentyabr sanasidagi 3284-sonli «Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish invest loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosi asosida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 22 dona podstansiyalarida amalga oshirilayotgan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari doirasida, «Farg‘ona MET» filiali tarkibidagi energotizimni tashkil qiluvchi 220 kV kuchlanishli «Sokin», «O‘zgarish», «Farg‘ona» podstansiyalarida ham eskirgan elektr qurilmalarni zamonaviylariga almashtirish ishlari olib borildi.

 

Jumladan, «O‘zgarish» podstansiyasida 110 kVli havoli o‘chirgichlar elegazli o‘chirgichlarga almashtirilib, rejalashtirilgan ishlar nihoyasiga yetkazildi. Xususan, 8 komplekt 110 kVli havoli o‘chirgichlar elegazli o‘chirgichlarga almashtirildi.

«Sokin» podstansiyasida 220 kVli va 110 kVli havoli o‘chirgichlar elegazli o‘chirgichlarga almashtirilib rejalashtirilgan ishlar bajarildi. Xususan, 6 komplekt 220 kVli, 2 komplekt 110 kVli moyli o‘chirgichlar elegazli o‘chirgichlarga. 220 kV li 6 dona o‘ta kuchlanishni so‘ndirgich (razryadnik) almashtirildi.

«Farg‘ona» podstansiyasidagi 200 MVAli AT–1 avtotransformatorini o‘rniga, 200 MVAli avtotransformatori o‘rnatilishi bilan birga rele himoyasi panellari yangi — zamonaviy mikroprotsessorli RX shkaflariga almashtirildi. 110 kVli havoli o‘chirgichlar elegazli o‘chirgichlarga almashtirilib, rejalashtirilgan ishlar bajarildi. Xususan, 12 komplekt 110 kVli havoli o‘chirgichlar elegazli o‘chirgichlarga, KA-6U K7 KRUN qurilmasi KRUN 10 kV zamonaviy qurilmaga, shu bilan birga, 220 kV li 6 dona tok transformatorlari almashtirildi.

2022-yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshishini inobatga olgan holda, bo‘sh turgan hududlardan samarali foydalanish maqsadida, filial tarkibidagi 40,5 sotix mavjud yer maydonlarda ishlov berilib, jami 4765 tup (pomidor, karam, qalampir, bulg‘or qalampiri) ko‘chatlar va kartoshka va loviya kabi sabzavot ekinlari ekildi. yetishtirilgan meva va turli poliz mahsulotlari bilan filial xodimlari ta’minlandi.

 

2022-yil davomida erishilgan ijobiy natijalar samoqli bo‘lgani qatorida ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yildi. Xususan, elektr energiyasini uzatish jarayonida — 7 marotaba podstansiya elektr qurilmalarida va 3 marotaba elektr uzatish liniyasida favqulotda o‘chishlar qayd etildi. Barcha favqulotda o‘chishlar — 2-darajali to‘xtalish sifatida belgilandi. Favqulotda o‘chishga sabab bo‘lgan omillar tezkor aniqlandi va bartaraf etildi.

2022-yilning so‘nggi oylarida O‘zbekistonda kuzatilgan anomal sovuq davrida, kuchaytirilgan ish rejimida, ishchi-xodimlar uchun tushlik qilishlari uchun ma’muriy bino ichida kichik oshxona tashkil etildi.

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi tomonidan 2022-yilda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida «2022-yilda bajariladigan tadbirlar va ishlar rejasi» ishlab chiqilib, mazkur reja asosida ishlar tashkil qilib borildi. Filial xodimlarining sa’y-harakatlarining zamirida — sog‘lom va betalofat ish muhitini yaratish, elektr energetika sohasining ilg‘or jamoasi sifatida shakllanish hamda Prezidentimizning 2017-yil 16 sentyabr sanasida tasdiqlagan PQ–3284-sonli «Jahon banki ishtirokida magistral tarmoqlari podstansiyalarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish invest loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashga erishish kabi ustivor vazifalar mujassam.

 ✍️ Sherzod Komilov, «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

t.me/uzmetaxborotxizmati/15335

 

Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz

Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati  

Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq

Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet  

Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

Odnoklassniki https://ok.ru/group/61026265792660

Utube videofayllari https://utube.uz/ru/users/7208

Youtube videofayllari https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg  

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz  

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>