Bugun, 2023-yil 7-fevral kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha «O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi:
▶️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori lavozimi;
⇒ veb-sayt
▶️ G‘aznachilik boshqarmasi mutaxassisi lavozimi;
⇒ veb-sayt
▶️ «Toshkent shahar MET» filiali Xodimlarni tayyorlash markazi boshlig‘ o‘rinbosari hamda metodisti lavozimi;
⇒ veb-sayt
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
✅ Nomzodlar uchun eslatma
Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini ta’minlash maqsadida har hafta (uzbekistonmet.uz veb-saytida e’lon qilingan har bir bo‘sh ishni uchun) to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etiladi. Taqdim etilgan ma’lumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi.
Tarjimai holdagi ma’lumot-ko‘rsatkichlar bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lgan boshqarma yoki bo‘lim mutaxassislariga ma’qul kelsa (qo‘yilgan talablarga muvofiq kelsa), nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi.
⚡️Nomzodlar maxsus komissiya suhbat o‘tkazadi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.
❗️ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud ish o‘inlariga ishga kirish niyatida hujjat topshirmoqchi bo‘lgan nomzodlar quyidagi tavsiyalar bilan tanishib chiqish lozim: ўзбекча / o‘zbekcha
“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati