Yangiliklar
2022-yil SARHISOBI. 3-sonli: Elektr qurilmalarini barqaror faoliyati — Namangan viloyati iqtisodiyot tarmoqlari va aholi iste’molchilari elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish
  • 07.02.2023
  • 563

O‘tgan hisobot yili davomida «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan o‘zining asosiy texnik faoliyati, tasarrufidagi elektr qurilma va tarmoqlarni soz va betalafot ishlashini ta’minlash uchun mukammal va joriy ta’mirlash, eskirgan elektr qurilmalarni yangilash — modernizatsiya va rekonstruksiya amaliyotlari, ishlab chiqaruvchilardan elektr energiyasini qabul qilib olish va taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish bo‘yicha tasdiqlangan rejalar ijrosini ta’minlashga erishildi.

Bundan tashqari, mehnat muhofazasi, xodimlar bilan ishlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilib, Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan belgilangan barcha tadbirlarda faol qatnashildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga Filial balansida:

To‘la quvvati 1 mln 325 ming kVA bo‘lgan 3 ta 220 kV kuchlanishli podstansiyalar mavjud.

Jumladan:

• 220/110/10 kV kuchlanishli «Sardor» podstansiyasi — to‘la quvvati 525 mVA;

• 220/110/10 kV kuchlanishli «Obihayot» podstansiyasi — to‘la quvvati 400 mVA;

• 220/110/10 kV kuchlanishli «Qizilravot» podstansiyasi — to‘la quvvati 400 mVA.

Shuningdek, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufida umumiy uzunligi 603,336 km bo‘lgan 110–220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalari mavjud.

Hisobot yili davomida ishlab chiqarish tarkibiy birliklari tomonidan asosiy elektr qurilmalarida rejalashtirilgan mukammal va joriy ta’mirlash ishlari to‘la hajmda bajarildi.

Elektr uzatish liniyalarini barqaror, favqulodda avariyaviy holatlarsiz ishlashini ta’minlash uchun liniyalar xizmati tomonidan mukammal ta’mirlash ishlaridan tashqari joriy ta’mirlash ishlari ham rejaga muvofiq 100 foizga bajarildi.

Bunda qushlarga qarshi to‘siqlar o‘rnatish (50 dona, ya’ni rejaga nisbatan 110 %), tayanchlarni trosli tortqichlarini me’yorga keltirish (40 dona, ya’ni rejaga nisbatan 90%), tayanchlardagi yerlagich va anker boltlari holatini tekshirib, aniqlangan kamchiliklarni (30 dona) bartaraf etish ishlari bajarildi.

Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun mutaxassislardan iborat doimiy holda ishga shay turuvchi maxsus avtotransport vositalari, aloqa jihozlari, zaruriy ehtiyot qism va himoya vositalari bilan ta’minlangan guruhlar tashkil etildi.

1-jadval

Asosiy elektr qurilmalarida bajarilgan ta’mirlash ishlari:

T/r

Elektr qurilma

Mukammal ta’mirlash

Joriy ta’mirlash

reja

amalda

%

reja

amalda

%

1

110-500 kV o‘chirgichlar

10

10

100

70

70

100

2

Kompressor qurilmalari

3

3

100

3

Transformator va avtotransformatorlar

12

12

100

4

110–220 kV havo elektr uzatish liniyalari

51,23

51,23

100

429,566

429,566

100

 

Ushbu amalga oshirilgan ishlarni barchasi uchun «O‘zenergonazorat» inspeksiyasining ijobiy xulosasi olingan.

2-jadval

Filial tasarrufidagi qurilmalar orqali qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi miqdori quyidagilarni tashkil etdi:

Qabul qilingan elektr energiyasi (kVt•soat)

Uzatilgan elektr energiyasi (kVt•soat)

Izoh

Qayerdan

Miqdori

Qayerga

miqdori

 

1

«Angren IES» AJ

1 064 557,296

Angren IES

4 190,736

 

2

«To‘raqo‘rg‘on IES» AJ

4 212 344,400

To‘raqo‘rg‘on IES

44 013,200

 

3

Kaskad MGES KFK

46 609,750

Kaskad MGES KFK

6,600

 

4

«Farg‘ona MET» filiali

1 520,200

Farg‘ona MET

643 464,800

 

5

Qirg‘iziston.

220 kV kuchlanishli «Kristall» podstansiyasi

949 062,950

220 kV kuchlanishli «Kristall» podstansiyasi

434 297,388

 

II

Jami 220 kV orqali qabul qilindi:

6 274 094,596

Jami 220 kV orqali uzatildi:

1 125 972,724

kVt•soat

 

 

 

 

 

 

 

III

«Namangan XETK» AJ ga 110 kV EUT orqali jami yetkazib berildi:

5 063 117.03

 

 

IV

«Namangan MET» filiali podstansiyalarida o‘z ehtiyoji uchun sarflandi:

Reja

Fakt

+/-

3013,175

1755.509

1257.666

 

 «O‘zbekiston MET»AJ tomonidan 220/110 kV li tarmoqlar orqali elektr energiyasini uzatishda ruxsat berilgan yo‘qotishlar miqdori rejaga asosan 1.84 % foiz belgilangan bo‘lib, amalda yillik 1.45 % ni tashkil etdi.

Hisobot yilida filialga «O‘zbekiston MET» AJ Kapital qurilish boshqarmasi tomonidan modernizatsiya dasturi asosida 2 mlrd so‘mlik qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hamda oldingi yillarda amalga oshirilgan qurilish obyektlaridagi qolgan ishlarni yakunlash rejasi belgilangan edi. Xususan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi “Jahon banki ishtirokida “Magistral elektr tarmoqlari podstansiyalarini zamonaviylashtirish va qayta qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3284-sonli Qarori asosida tasdiqlangan dasturning 1-fazasiga kiritilgan 220/110/10 kV li “Sardor” podstansiyasida 2022-yilda elektr qurilmalarini modernizatsiya qilish va bino-inshootlarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

 

Jumladan, podstansiyadagi eskirgan asosiy elektr qurilmalaridan:

• 20 komplekt 110 kV li havo o‘chirgichlar;

• 7 komplekt 220 kV li havo o‘chirgichlar;

• 36 komplekt 110 kV li ajratgichlar;

• 21 komplekt OPN yashin qaytargichlar;

• 18 komplekt 110–220 kV li transformator toklari;

• 30 komplekt RZA va aloqa vositalari panellarini yangi zamonaviylariga almashtirib ishga tushirildi.

Shuningdek, dastur doirasida podstansiyadagi asosiy ishlab chiqarish, dispetcherlik binolari hamda ma’muriy bino va hududlarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar uchun jami 19.6 mlrd so‘m mablag‘lar sarflandi.

Hisobot yili uchun belgilangan 2 mlrd so‘mlik reja amalda 5 mlrd 285 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlarini bajarish bilan yakunlandi.

O‘tgan yilda, shuningdek, 220 kV li «Qizilrovot» podstansiyasida «To‘raqo‘rg‘on IESdan quvvat uzatish» dasturi doirasida «O‘zbekiston MET» AJ hamda «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ tomonidan tasdiqlangan, 2021-yil 4-mart sanasida o‘tkazilgan yig‘ilish bayonnomasi qaroriga asosan bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, podstansiyadagi asosiy ishlab chiqarish va dispetcherlik binosi ta’mirlandi, avtomatik yong‘inni o‘chirish sistemasi yangilandi hamda quvvati 200 mVA bo‘lgan AT-3 avtotransformatorini montaj qilish ishlari yakunlandi. Bajarilgan ishlar qiymati 4 mlrd 131 mln so‘mni tashkil etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi PK–3336-sonli qarori asosida «Pop–Namangan–Andijon temiryo‘l liniyasini elektrlashtirish» loyihasi bilan tasdiqlangan dastur doirasida belgilangan, umumiy qiymati 8 mlrd 300 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi «2022–2026-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondoshuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida»gi PQ–72-sonli qarori asosida «Magistral tarmoqlar podstansiyalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish» dasturiga kiritilgan 220 kV kuchlanishli «Obihayot» podstansiyasi bo‘yicha texnik topshiriqlar ishlab chiqildi.

Loyiha bosh pudratchisi: «O‘zinjiniring» respublika loyihalash instituti (RLI);

Loyihaning umumiy qiymati: 12.75 mln AQSh dollari hisobida.

2022-yil 30-mart sanasida «O‘zbekiston MET» AJ va «O‘zinjiniring» RLI o‘rtasida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqish uchun 1223-22/TEO-raqamli shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnomaga qo‘shimcha kelishuv shartnomasining 3-ilovasida 220 kV li «Obihayot» podstansiyasida bajariladigan modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarining qiymatini belgilangan. Unga ko‘ra obyektda amalga oshiriladigan ishlar, o‘rnatiladigan qurilmalar qiymati KQS va buyurtmachining qo‘shimcha xarajatlarisiz 12 750 260 AQSh dollari miqdorida bo‘lib, shundan qurilish-montaj ishlari uchun — 2 714 330 AQSh dollari; qurilma va materiallar — 10 035 930 AQSh dollari hisobida mablag‘ ajratiladi.

Ma’lumot o‘rnida: hisobot yilida «O‘zbekiston MET» AJ va «O‘zinjiniring» RLI o‘rtasidagi qo‘shimcha kelishuv asosida ijrochi tomonidan amalga oshirilgan ishlar uchun “Namangan MET” filiali tomonidan miqdorida 763 850 154 so‘m mablag‘ sarflandi.

Shuningdek, Filialda mehnat muhofazasi, xodimlar bilan ishlash, ularni malakasini oshirish hamda Aksiyadorlik jamiyati rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejalar asosida faoliyat olib borildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasiga ko‘ra, “Namangan MET” filialida xodimlar hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday baxtsiz hodisa ro‘y bermadi. Xavfsiz ish sharoitini yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi ishchi-xodimlarimizning xavfsiz mehnat sharoitlarida aks etdi.

Hisobot (2022) yilida:

• elektr qurilmalarida avariyalar: sodir bo‘lmadi;

• elektr qurilmalarida 1-darajali o‘chishlar: sodir bo‘lmadi;

• elektr qurilmalarida 2-darajali o‘chishlar: 5 dona;

• elektr qurilmalarida xodim aybi bilan o‘chishlar: sodir bo‘lmadi.

Filialda jarohatlanishlarni oldini olish quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Xavfsizlik texnikasi mashg‘ulotlari va «Xavfsizlik texnikasi kunlari» tadbirlari yakunlari bo‘yicha 12 marta hisobot yig‘ilishlari o‘tkazilib, podstansiya va xizmat boshliqlarining axborotlari tinglandi. Xavfsizlik texnikasi kabineti mavjud bo‘lib, ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan. «Namangan MET» filiali tasarrufidagi podstansiya va xizmatlarda «O‘zbekiston MET» AJning 2021-yil 14-iyundagi 186-sonli buyrug‘iga asosan 2022-yilning 1-iyuldan 1-avgustigacha «Xavfsizlik texnikasi» ko‘rik oyligi o‘tkazildi.

Ko‘rikda barcha muhandis-texnik, ishchi-xodimlarni faol ishtirok etilishi ta’minlandi. Ko‘rik davrida bo‘linmalar o‘rtasida o‘quv seminar musobaqalari o‘tkazildi. Shuningdek, bir necha marotaba ommaviy axborot vositalari hamda nazorat tashkilotlari ishtirokida avariyaga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bundan tashqari, tasdiqlangan dasturlar asosida filial rahbariyati va yuqori malakali xodimlarni jalb qilgan xolda asosiy ishlab chiqarish tarkibiy birliklari xodimlarining malakasi oshirib borilmoqda.     

Filialda mehnat intizomi va ijro nazorati yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O‘tgan hisobot yilida (2022) filialning ijro nazorati guruhida jami 857 dona turli yo‘nalishdagi hujjatlar qayd etildi. Jumladan,

• Aksiyadorlik jamiyatidan kelgan buyruqlar (ko‘rsatmalar): 266 ta;

• Topshiriq mazmundagi xatlar: 280 ta;

• Topshiriq mazmundagi faksogrammalar: 311 ta.

 Ushbu hujjatlarni barchasini ijrochilarga yetkazilib, bajarilishi nazoratga olingan, yil yakuniga ko‘ra ijrosi bajarilmagan xujjatlar qolmagan.

Filialning moliyaviy faoliyat bo‘yicha sarhisobi

Asosiy vositalar:

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali balansida o‘tgan 2022-yilning yakuni, 2023-yil 01-yanvar holatiga 514 908 392 ming so‘m asosiy vositalar mavjud. Ularning eskirish qiymati — 244 762 632 ming so‘m; Qoldiq qiymati esa 270 145 760 ming so‘mni tashkil qiladi.

2022-yil davomida 1 221 641 ming so‘m asosiy vositalar va 2 697 354 ming so‘m materiallar ichki idoraviy korxonalardan kirim qilingan. Ushbu asosiy vositalarga 2022-yil davomida 47 014 410 ming so‘m eskirish hisoblangan.

Tovar moddiy boyliklar:

Yil yakuni, 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra ishlab chiqarish zaxiralari 13 829 305 ming so‘mdan iborat bo‘ldi.

Debitor va kreditor karzdorlik:

2023-yil 1-yanvar holatiga filialdagi debitor qarzlar jami 260 906 ming so‘mni tashkil qildi. Ushbu qarzdorlikning barchasi avans hisoblanadi. Kreditor qarzdorlik esa 1 020 774 ming so‘mni tashkil etdi.

Budjet bilan hisob-kitoblar:

2023-yil 1-yanvar holatiga budjet oldidagi debitor qarzdorlik 140 462 ming so‘mni, kreditor qarzdorlik 57 339 ming so‘mni tashkil etdi.

Budjetdan tashkari jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar:

Yil yakuniga ko‘ra budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga debitorlik qarzdorlik 12 761 ming so‘mni tashkil qildi. Kreditor qarzdorlik esa 0 so‘mni tashkil etgan.

Kapital kurilish:

Tugallanmagan kapital qurilish bo‘yicha 2023-yil 1-yanvar holatiga 51 996 873 ming so‘m qoldiq mavjud bo‘lib, 2022-yil davomida 21 631 858 ming so‘m qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Moliyaviy natijalar:

Filial elektr energiyasini transportirovka qilishi uchun 2022-yil davomida jami 61 281 686 ming so‘m xarajat qilingan bo‘lib, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari bo‘yicha 981 177 ming so‘m qo‘shimcha daromad olingan, yakuniy natija bo‘yicha 60 300 509 ming so‘m xarajatlar bilan yakunlandi.

 

 

Ma’lumot o‘rnida: Filial jamoasi tomonidan hisobot yilida amalga oshirilgan va sanab o‘tilgan ishlar va barcha sa’y-harakatlar — Filial tasarrufidagi elektr qurilmalarini barqaror, betalafot ishlashini ta’minlash; xodimlar tomonidan mehnat xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga to‘la rioya etilishiga hamda pirovard natijada ishlab chiqarishda hech qanday favqulodda va baxtsiz holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka erishish; Namangan viloyati iqtisodiyot tarmoqlari va aholi iste’molchilariga talab etilayotgan miqdordagi sifatli elektr energiyasini yetkazib berish; pirovard natijada Namangan viloyati, qolaversa Vatanimiz iqtisodiyotini yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishdan iborat.

Ravshan Ibragimov, «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali direktori

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>