Yangiliklar
Ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun turdosh tashkilot tomonidan «Tashakkurnoma» hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi
  • 06.02.2023
  • 284

2023-yil yanvar oyidagi anomal sovuq ob-havo sharoitida Toshkent shahri va Toshkent viloyati energotizimida sodir bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashdagi zahmatli faoliyati, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib, o‘z kasbiga sadoqat va yuksak mas’uliyat bilan yondashgani uchun «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 500 kV kuchlanishli «Toshkent» podstansiyasi xodimlari, shuningdek, Filialning elektr tarmoqlari xizmatining Chinoz, Olmaliq, Chirchiq va Toshkent guruhlari mutaxassislari past kuchlanishli taqsimlovchi tarmoqlari — «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ obyektlarida bergan amaliy yordamlari uchun turdosh tashkilot rahbariyati tomonidan «Tashakkurnoma» hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Eslatib o‘tamiz, «Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tasarrufidagi obyektlarning elektr ta'minotidagi nosozliklarini bartaraf etilishida amaliy ko‘mak berish maqsadida, «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filialida 7 ta avariyani bartaraf etish brigadasi tuzilib, brigadalar asbob-uskunalar bilan jihozlantirilgan holda joriy yilning 18-yanvarida poytaxtning Chilonzor tumaniga safarbar etilgan edi. Olib borilgan ishlar natijasida 10 dan ortiq ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi 530 dan ortiq aholi istemolchilarining elektr ta'minoti tiklangan edi.

 

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>