Yangiliklar
Jamiyat «sport targ‘ibotchisi»: Dam olish kunlari ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilmoqda
  • 30.01.2023
  • 308

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning tasdiqlangan chora-tadbirga asosan, 2023-yil davomida sog‘lom-turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish uchun bir qancha sport musobaqalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu sababli 2023-yilning yanvar oyida bouling sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Bouling sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari bilan tanishing.

 

Erkaklar bahsi:

1-o‘rin: Sobirov Rasul Samandarovich — Elektr energiyasini xarid qilish boshqarmasi yetakchi muhandisi;

2-o‘rin: Xudoyberdiyev Xisravjon Xabibulla o‘g‘li — Yuridik boshqarmasida 2-toifali yuriskonsulti;

3-o‘rin: Tashtayev Nodir Abduvaliyevich — Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi.

 

Ayollar bahsi:

1-o‘rin: Sharafutdinova Arofat Baxtiyor qizi — Ishlarni yuritish boshqarmasi 1-toifali texnigi;

2-o‘rin: Qodirova Durdona Mirxatam qizi — Loyihalarni amalga oshirish mutaxassisi;

3-o‘rin: Adilova Nargiza Saidaxborovna — Xodimlar bilan ishlash, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi 1-toifali texnigi.

 

Eslatib o‘tamiz, sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazish “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi yordamida amalga oshirilmoqda.

 

            Odiljon Vohidov, Jamiyat «sport targ‘ibotchisi»

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>