OAV va jamoatchilik bilan ishlash
OAV: «Fargʻona viloyatida elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi»
  • 16.01.2023
  • 225

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oʻzbekiston tuman boʻlimi tomonidan viloyat ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.a.” MCHJ rahbari M.A. korxonaning Uchkoʻprik tumanidagi yordamchi xoʻjaligida goʻyoki kompyuter texnikalarini taʼmirlash sexini tashkil etib, amalda 179 dona ”Antminer” mayning qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, 794,7 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan viloyat DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. Oʻrikzor koʻchasidagi uyida goʻyoki muzlatkichlarni taʼmirlash sexi tashkil etib, amalda 6 dona “Antminer” mayning qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulab, 126,1 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 283,8 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

 

Manba: https://xs.uz/uz/91695

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>