Yangiliklar
Energetika vazirligi Matbuot shtabi 9-yanvar kuni isteʼmolchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot beradi
  • 10.01.2023
  • 371

Kecha, 9-yanvar kuni elektr stansiyalar orqali 234,4 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Shundan respublika isteʼmolchilariga 225,3 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berildi.

Shuningdek, gaz taʼminoti korxonalari tomonidan isteʼmolchilarga 155,2 mln kub metr tabiiy gaz va 2,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Isteʼmolchilarni ko‘mir mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida 7,2 ming tonna mahalliy ko‘mir yetkazib berildi.

Korxonalarda qazib chiqarish va ishlab chiqarish ishlari o‘rnatilgan tartibda olib borilmoqda. Barcha korxonalarda shtablar tuzilgan, 24 soatlik navbatchilik tashkil qilingan.

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr energiyasi taʼminotida cheklovlar (bir yarim soatdan ikki soatgacha) kiritildi. Taʼminotdagi uzilishlar bo‘yicha isteʼmolchilardan 70 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlar yuzasidan elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz bo‘yicha isteʼmolchilardan 100 ta murojaat kelib tushdi. Mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar olib borildi.

Gaz tarmoqlarida olib borilgan taʼmirlash ishlari isteʼmolchilarni oldindan ogohlantirgan holda amalga oshirildi. Shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlarining masʼul xodimlari hududlarga safarbar etilib, isteʼmolchilarni barqaror energiya resurslari bilan taminlash choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, anomal sovuq kunlarida tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish uchun elektr va gaz ta’minoti korxonalarida tunu-kun ishlaydigan 1000 dan ortiq maxsus brigada tashkil etilgan. Ular muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etilishini ta’minlamoqdalar.

Shu o‘rinda isteʼmolchilardan isitish moslamalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan berilgan tavsiyalarga qatʼiy rioya qilishlarini so‘raymiz.

Iste’molchilar elektr energiyasi ta’minoti yuzasidan 1154 qisqa raqami yoki “Telegram”dagi (@HET_admin) administratorga, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti yuzasidan 1104, 104 telefon raqamlari yoki Facebook ijtimoiy tarmoqdagi guruhga hamda ko‘mir ta’minoti yuzasidan 78-148-30-03, 71-244-38-28 telefon raqamlari va @Uzbekcoaluz_bot “Telegram” botga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/6928

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>