OAV va jamoatchilik bilan ishlash
MINENERGY.UZ — Energetika vazirligi Matbuot shtabi is gazidan zaharlanish va gazdan foydalanishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan ogohlantiradi
  • 09.01.2023
  • 155

Hurmatli vatandoshlar, gaz jihozlaridan foydalanishda quyidagilarga rioya qilishingizni so‘raymiz:

➖isitish mavsumi boshlanishidan oldin binoning mo‘ri va havo almashish yo‘laklarini mutaxassislar tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini taʼminlang;

➖gaz jihozlarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulamang va joyini o‘zgartirmang;

➖nosoz isitish qurilmalari va gaz jihozlaridan foydalanmang, mutaxassis ishtirokisiz gaz jiholarini taʼmirlashga yo‘l qo‘ymang;

➖gaz jihozlari va isitish qurilmalari joylashgan binolarda havo almashish kanallarining doimiy ochiq holatda bo‘lishini taʼminlang;

➖mo‘ri va havo almashish yo‘llarining texnik jihatdan soz bo‘lishini taʼminlang, gaz jihozlari va isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmang;

➖yosh bolalarning gaz jihozlaridan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang;

➖gaz jihozlari joylashgan xonadan dam olish va uxlash maqsadida foydalanmang;

➖tabiiy gaz sizib chiqishi holatini aniqlash uchun ochiq olovdan foydalanmang;

➖gaz quvurlariga har xil so‘rg‘ichlar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘ymang;

➖gaz plitasidan kiyimlarni quritish va boshqa maqsadlarda foydalanmang;

➖bino ichida gaz hidini sezsangiz elektr jihozlarini yoqib o‘chirmang, gugurt yoqmang, xonani zudlik bilan shamollating hamda tumangaz taʼminoti bo‘limiga (104) qo‘ng‘iroq qiling.

▶️@minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/6902

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

>