BO‘SH ISH O‘RNI:
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ G‘aznachilik boshqarmasi mutaxassisi lavozimi tanlov e’lon qilinadi.
Lavozim vazifalari:
♦ Iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy maʼlumot (jumladan: iqtisodiyot (makro/mikroiqtisodiyot), moliya va moliyani boshqarish hamda shunga yaqin sohada bakalavr yoki magistr diplomi egasi. O‘zbekiston/xorij OTMlari diplomlari) hamda ixtisosligi bo‘yicha kamida 5 (besh) yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs.
♦ Iqtisodiy va moliyaviy tahlillarni amalga oshirish bo‘yicha yetarli darajada bilimga ega bo‘lishi lozim;
♦ O‘zbek va ingliz tilini (IELTS sertifikatiga ega bo‘lgan, kamida 5,5 ball) mukammal darajada bilish;
♦ Komputerni to‘liq o‘zlashtirgan va barcha dasturlarda (Microsoft office (mukammal), 1-С dasturi) ishlashi.
♦ Ish tajribasi (moliya, iqtisodiyot, tijorat banklari va h.k.; kamida 5 yil).
Shaxsiy talablar:
♦ Vatanparvarlik, kasbga sodiqlik;
♦ Professional etiket, hamkasblarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
♦ Muomala madaniyati, jamoada ishlash qobiliyati;
♦ Lavozimga mos boshqa shaxsiy talablar;
♦ Mamlakat uchun muhim tashqi moliyalashtirish loyihalari bilan ishlash imkoniyati.
Taklif etamiz:
♦ Kasbiy rivojlanish va martaba oʻsishi;
♦ Korporativ taʼlim va treninglar;
♦ Qulay mehnat sharoitlari;
♦ Zamonaviy ofis;
♦ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
♦ Inoq jamoa;
♦ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
⇒ Boshqa e’lonlar: «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida:
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/category/25
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy.
Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6615.
«Onlayn rezyume» rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume
Elektron pochta: kadr_nes@uzbekistonmet.uz; info@uzbekistonmet.uz
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati