Yangiliklar
“ENERGO-IT” filialida ham Yangi yil tadbirlari o‘tkazilmoqda
  • 30.12.2022
  • 298

“ENERGO-IT” filiali xodimlari “O‘zbekiston MET” AJ bo‘linmalari, “Energiya” koordinatsion dispetcherlik markazi va Milliy dispetcherlik xizmati uchun ma'muriy, dispetcherlik va texnologik aloqa, teleaxborot kanallari uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun tinimsiz mehnat qilishmoqda. 

Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlar mehnatini e’zozlash, ularda bayromona kayfiyat baxsh etish maqsadida Qorbobo va Qorqiz ishtirokida shirinliklar tarqatildi.

“ENERGO-IT” filial jamoasi barcha yurtdoshlarni kirib kelayotgan 2023-yil bilan samimiy muborakbod etadi. 

 

“ENERGO-IT” filial Kasaba uyushma qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>