Yangiliklar
Energetika vazirligida tizim korxonalari rahbarlari va masʼullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi
  • 30.12.2022
  • 288

Joriy yilning 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlandi. Shu munosabat bilan qayta tasdiqlangan Energetika vaziri jamoaga tanishtirildi va sohani rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
 

 
 

Avvalambor, Yangi yil bayrami kunlari isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash zarurligi yana bir bor alohida taʼkidlandi. Buning uchun bayram kunlari barcha tarmoq korxonalari rahbarlari ish joyida bo‘lishi, energotizim barqarorligini taʼminlashi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek:
 

 


➖ Har bir korxona 2-3-yanvar kunlari davomida 2023-yilda amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlarni chuqur tahlil qilishi va ko‘rib chiqish uchun tahlillarni Energetika vazirligiga taqdim etishi;

➖ Isteʼmolchilarni tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlashda “O‘ztransgaz” va “Hududgaztaʼminot” AJlarining faoliyatlari tanqid qilindi va ushbu ikki tashkilot faoliyatini qayta ko‘rib chiqilishi, ularni optimallashtirish;

➖ Energotizimda olib borilayotgan ishlar nazoratini kuchaytirish, noqonuniy xatti-harakatlarni oldini olish maqsadida “O‘zneftgazinspeksiya” va “O‘zenergoinspeksiya”lar negizida Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilayotganligi;

➖ “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan olib borilayotgan loyihalarni qayta ko‘rib chiqish, yangi konlarni ochish, konlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish, kuz-qish mavsumida qo‘shimcha 5 mlrd kub metr tabiiy gaz zaxirasini yaratish;

➖ 2023-yil 1-martga qadar yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi barcha korxonalarda quyosh panellari va quyosh suv isitish qurilmalaridan foydalanishga o‘tish;

➖ Tizimda yosh kadrlar o‘rnini oshirish, ularga keng imkoniyatlar yaratish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkilot rahbarlari shaxsan yoshlar bilan faol ishlashi;

➖ Tizimda rasmiy hujjatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani, ayniqsa yuqori turuvchi tashkilotlarga Energetika vazirligi bilan kelishish;

➖ Korxonalarda xodimlarning yurtimiz ichida va xorijga amalga oshirayotgan xizmat safarlarini qayta ko‘rib chiqish, mablag‘larni ortiqcha sarflanishiga yo‘l qo‘ymaslik, keraksiz xarajatlarni oldini olish va tejab qolingan mablag‘larni soha rivojiga sarflash lozimligi belgilandi. Shu maqsadda ayniqsa xorijga amalga oshiriladigan xizmat safarlari Energetika vazirligi bilan kelishish;

➖ Isteʼmolchilarni ko‘mir yoqilg‘isi bilan barqaror taʼminlash maqsadida qo‘shimcha 1-1,5 mln tonna ko‘mir import qilish bo‘yicha mavjud imkoniyatdan foydalanish;

➖ Issiqlik elektr stansiyalari uchun zarur bo‘ladigan mazut yoqilg‘isi zaxirasini aprel oyidan boshlab yaratish;

➖ Bundan keyin har yili kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ishlarni 1-oktabr kuniga qadar yakunlash;

➖ Korxonalarda investitsiya loyihalarini, xususan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “O‘zkimyosanoat” AJlar tomonidan ishlarni jadallashtirish;

➖ Qambarota-1 GES qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2448

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>