Yangiliklar
Energetiklarning farzandlari uchun Yangi yil tadbiri o‘tkazildi
  • 30.12.2022
  • 274

Ma'lumki, "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari" filiali muhandis-texnik xodimlari Poytaxtimiz va Toshkent viloyati iste'molchilarini uzluksiz elektr energiya bilan ta'minlash uchun tun-u kun mehnat qilishmoqda.  

Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlar mehnatini e'zozlash, ularning farzandlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Filialda faoliyat yuritayotgan ishchi- xodimlarning farzandlariga noan'anaviy tarzda sovg‘alarni ulash  uchun Respublika qo‘g‘irchoq teatrining aktyorlari taklif etildi.

Bolajonlarga “Yangi yil sarguzashtlari” nomli teatrlashtirilgan dastur namoyish etildi. Yangi yil sovg‘alari Qorbobo va Qorqiz tomonidan tarqatildi.

Fursatdan foydalanib, Filial jamoasi barcha yurtdoshlarni kirib kelayotgan 2023-yil bilan muborakbod etadi.

⇒ https://t.me/toshkentshaharMET

 

  ‖ Veb-sahifa ‖  Telegram ‖  FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>