Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ. Birlashgan kasaba uyushmalar qo‘mitasi: Yangi yil bayrami arafasida xayriya aksiyasi o‘tkazildi
  • 30.12.2022
  • 286

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimiyatining rasmiy murojaati hamda tashabbusi bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi ishtirokida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv qaroriga asosan Yangi yil bayrami arafasida, ya'ni 2022-yilning 28–30-dekabr kunlari Xayriya aksiyasi o‘tkazildi.

Xayriya aksiyasi o‘tkazish Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi U.P.Urunov, Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish boshqarmasi yetakchi muhandisi N.S.Umbetovlar zimmasiga yuklatildi.

Ekologik jihatdan bir talay muammolari bor hududlar — Xo‘jayli tumanining quyidagi mahallalari: «Amudaryo» va «Vodnik» qo‘rg‘onlari, «Jana-Jap», «Jan-Qo‘ng‘irat», «Kulab», «Samanko‘l», «Xatep», «Ivan-jap» va «Sarishungul» ovul fuqarolari yig‘inlarida yashovchi, kam ta'minlangan, nogiron hamda boquvchisini yo‘qotgan 30 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga homiylik-xayriya ishlari amalga oshirildi. Oilalarga homiylik mablag‘lari hisobidan birinchi ehtiyoj ro‘yxatidagi oziq-ovqat (un, yog‘, go‘sht, guruch, shakar, makaron, choy va bolalarga shirinliklardan iborat Yangi yil sovg‘asi) hamda gigiena vositalari (sovun, kir yuvish kukuni) kabi mahsulotlar tarqatildi.

O‘tkazilgan xayriya aksiyasi Xo‘jayli tumani hokimligining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida yoritildi.

 

 

Shuningdek, Xayriya aksiyasi «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filialidan mehnat nafaqasiga chiqqan energetiklar oilalaridan xabar olish bilan davom ettirildi. Ayni kunlarda Beruniy, Qo‘ng‘irot, Taxiatosh tumanlari va Nukus shahrida istiqomat qilayotgan veteran-energetiklarga Yangi yil sovg‘alari ulashildi.

A.K.Shalbartayeva, «Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti raisi

Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz

Telegram

Facebook

Twitter

Instagram

Utube

Youtube

Odnoklassniki

Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz

E-xat: uzbekiston_met@exat.uz

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>