Yangiliklar
Energetika vazirligi binosida 240 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
  • 30.12.2022
  • 241

Mazkur elektr stansiya orqali yiliga 432 ming kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va natijada 144 ming kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Ahamiyatlisi, ushbu stansiya kunduz kuni vazirlik binosini elektr energiyasi bilan to‘liq taʼminlaydi. Shuningdek, elektr energiyasining ortgan qismini hududiy elektr taʼminoti korxonasiga uzatish imkoniyati ham yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi binosining ko‘cha chiroqlari ham to‘liq quyosh panellari orqali yoritilmoqda.

Maʼlumot uchun: joriy yil boshidan respublika bo‘ylab vazirlik, idora va mahalliy hokimlik bino-inshootlarida umumiy quvvati 32,6 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari va umumiy hajmi 472,8 ming litr bo‘lgan quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️@minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/6855?single

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>