Yangiliklar
500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi yuzasidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tadbiri o‘tkazildi
  • 23.12.2022
  • 389

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabr kunidagi “Yong‘in xavfsizligi tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida“gi 309-sonli qarori, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2022-yil 28-noyabrdagi 269-son buyrug‘i  hamda “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali direktorining 2022-yil 28-noyabrdagi 138-sonli buyrug‘ig ijrosini ta'minlash maqsadida, 500/220/10 kV kuchlanishli “Toshkent” podstansiyasida yong‘in xavfsizligi ko‘rik oyligi yuzasidan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda yong‘in xavfsiligi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning samaradorligini tekshirish, yong‘inlar chog‘ida odamlarning evakuatsiya qilish hamda korxonaning mol-mulkini saqlab qolinishini ta'minlash, obнektda yong‘in sodir bo‘lganda, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish, sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha tuzilmalar (navbatchi dispetcher, texnik ta'minot guruhi, o‘t o‘chirish guruhi) hamda tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda harakatlanish yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar orqali sinovdan o‘tkazildi.

Xususan, o‘quv mashg‘ulotlarning 1-bosqichida mavzu yuzasidan umumiy tavsiyalar berildi, 2-bosqichda sun'iy yong‘in uyushtirilib, o‘t o‘chirish guruhi kelguniga qadar xodimlarni evakuatsiya qilish ishlari hamda o‘t o‘chiruvchilar kelganidan so‘ng tegishli axborot yo‘riqnomasi o‘tkazilib, yong‘inni o‘chirishni tashkil etish ishlari, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish mashqlari bajarildi. 3-bosqichda esa o‘t o‘chirish guruhlari bilan seminarlar o‘tkazildi.

Ko‘rik tadbirlari so‘nggida xodimlar bilan FVV xodimlari o‘rtasida qizg‘in savol-javoblar o‘tkazilib, o‘tkazilga tadbirning samaradorligi baholandi.

“Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>