Yangiliklar
Xorijiy hamkorlar ishtirokida ishchi tartibdagi taqdimot va muhokamalar bo‘lib o‘tdi
  • 22.12.2022
  • 276

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining kichik majlislar zalida Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi hamda boshqarma boshliqlari ishtirokida “Energiya” koordinatsion-dispetcherlik markazi  (KDS “Energiya”) hamda Qozog‘iston Respublikasining Olmaota energetika universiteti mutaxassislari tomonida ishlab chiqilayotgan “O‘rta Osiyo elektr tarmoqlarini rivojlantirish sxemasi” doirasida taqdimot namoyishi, shu bilan birga,  taqdimotdan so‘ng o‘tkazilgan tahlil va muhokamalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zbekiston MET» AJda "UZASSYSTEM" QK tomonidan ishlab chiqilgan elektron dastur — «O‘zbekiston Respublikasi energotizimidagi elektr tarmoqlarining raqamli modeli va interaktiv xaritasi» loyihasining ishchi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>