Yangiliklar
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish texnologiyalari va energiya saqlovchi qurilmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
  • 21.12.2022
  • 318

Bugun, 2022-yil 21-dekabrda “O‘zbekiston MET” AJ binosida Xitoy Xalq Respublikasining “Zhongtian Technology Co., Ltd” kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlar taqdimotini o‘tkazdi.

Xorij kompaniyasi vakili tomonidan o‘tkazilgan taqdimotdan asosiy maqsad — energetika sohasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi va elektr energiyasini yetkazib berish sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lib, taqdimotda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati hamda mutaxassislari ishtirok etishdi.

Taqdimot davomida kompaniyaning bugungi kungacha erishgan yutuqlari, energetika sohasida orttirilgan bilim-tajribasi, mahsulotlari, xususan energiya saqlovchi batareyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxasislarni qiziqtirgan savollar yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Veb-sahifaFacebook

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>