Yangiliklar
Diqqat, e'lon! Istiqbolli rejalar dasturining zaruriy qurilish-montaj ishlari tunda amalga oshiriladi
  • 20.12.2022
  • 261

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi PQ–4937-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-may sanasida Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishning 57-sonli bayonida belgilab berilgan istiqboldagi rejalar ijrosini ta'minlash maqsadida:

⇒ 2022-yil 21-dekabr soat 23:00dan 22-dekabr 04:00ga qadar

⇒ 2022-yil 22-dekabr soat 23:00dan 23-dekabr 04:00ga qadar

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi  hamda Ko‘kdala tumanlarini  ayrim iste'molchilari elektr ta'minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Tungi vaqtda, ya'ni iste'mol hajmi sezilarli darajada kamayganda, «Amir Temur» podstansiyasida ikkinchi 125 MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega bo‘lgan AT–2 avtotransformatori ishga tushirish uchun sozlash-o‘rnatish, qurilish-montaj ishlari olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, ta'mirlash ishlari olib borilayotganda xavfsiz ish sharoitini yaratish maqsadida tarmoqdan uzilgan liniyalar  yuklamasi boshqa elektr uzatish tarmoqlariga o‘tkazilib, iste'molchilar elektr ta'minotida uzilishlar oldini olish choralari ko‘riladi.

⚡️ Keltirilgan noqulaylik uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

 

>