Yangiliklar
220/110/10 kVli “Obi hayot” podstansiyasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
  • 20.12.2022
  • 233

Ma’lumki, elektr ta’minoti korxonalarida xavfsizlik texnikasi, shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish — ishchi-xodimlarning xavfsiz ish sharoitida ishlashini ta’minlash bilan birga, elektr ta’minoti ishonchliligi va uzluksizligi bilan chambarchas bog‘liq omil hisoblanadi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ obyektlarini “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” qo‘llanmasi talablariga muvofiq asrash, ishchi-xodimlar uchun xavfsiz ish sharoitini yaratish, elektr uskunalarni qishki mavsumda yong‘inga xavfsiz ishlashga tayyorlash, yong‘in-texnik komissiyalari, ko‘ngilli o‘t o‘chirish guruhi xodimlarini faoliyatini faollashtirish, Davlat yong‘in nazorati organlari ko‘rsatmalarini bajarish, yong‘inlarning oldini olish ishlariga xodimlarni kengroq jalb qilish — muhim masala.

“O‘zbekiston MET “ AJ ning 2022-yil 28-noyabrdagi 269-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220/110/10 kVli “Obi hayot” podstansiyasida yong‘in xavfsizligi xodimlari bilan birgalikda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

«Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>