Yangiliklar
Yaponiyalik xorijiy hamkorlar bilan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 20.12.2022
  • 298

Ma'lumki, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlariga muvofiq, Prezident qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qaror va farmoyishlari, Energetika vazirligi topshiriq va ko‘rsatmalariga binoan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarni rivojlantirishda yirik investitsion loyihalarning ijrochisi hisoblanadi. 

Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytida xorijiy hamkorlar bilan bitim imzolash hamda muhokamalar uchrashuvi haqida xabarlar berib boriladi.

Xorijiy hamkorlar bilan o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv ham yigik investitsiya loyihasining ishchi tartibdagi masalalariga bag‘ishlandi.  “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov boshchiligidagi mutaxassislar xorijiy hamkorlar —  Yaponiyaning yirik “EURUS ENERGY” kompaniyasi rahbari janob Kamei (janob Kenji Kamei), “TEPSCO” kompaniyasi menejeri janob Minagava (janob Fumiyasu Minagawa) hamda “Toyota Tsusho Corporation” kompaniyasining loyiha menejeri janob Egavalarni (janob Masanori  Egawa) Aksiyadorlik jamiyatining kichik majlislar zalida kutib olishdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Navoiy viloyatida rejalashtirilayotgan 500 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurilishi doirasidagi loyihalar yuzasidan ishchi tartibdagi masalalarni muhokama qilishdi. Investorlar tomonidan  ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, hamkorlikdagi faoliyatning kelgusidagi masalalarini birgalikda hal etish to‘g‘risida kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, 2023–2024-yillar yakuniga qadar umumiy quvati 1197 MVt bo‘lgan 5 ta qayta tiklanuvchi energiya manbalariga doir loyihalar, bundan tashqari, 2024–2025-yillarda har birining quvvati 500 MVtdan bo‘lgan 3 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Umuman olganda, so‘nggi 3,5 yil ichida energetika sohasida umumiy quvvati 2897 MVtga teng quyosh va shamol elektr stansiyalalarini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda 10 ta bitim imzolangan. Ushbu loyihalar amalga oshirilishini ta'minlash yuzasidan Prezidentimiz tomonidan 10 ta qaror imzolangan va ayni paytda amaliyotga tatbiq etilgan.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>