Yangiliklar
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarida faol ishtirok etgan mutaxassislar taqdirlandi
  • 19.12.2022
  • 275

2022-yil 16-17-dekabr kunlari A-373 M-39 avtomobil yo‘li ning “hamda Angren–Pop elektrlashtirilgan temir yo‘llarining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan qismida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda “Favqulodda vaziyatlarda davlat tizimi boshqaruv organlari hamda kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

⚡️ Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarida“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari ham faol ishtirok etishdi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazish mobaynida “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Havo liniyalari xizmatidan faol ishtirok etgan xodimlari ichidan bir nafar xodim — Nurmatov  Ilhom Ravilovich Favqulodda vaziyatlar vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

▶️ Batafsil

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagramYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>