Yangiliklar
Xorijiy hamkorlar bilan yirik investitsiya loyihalari yuzasidan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
  • 15.12.2022
  • 293

Bugun, 2022-yil 15-dekabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ kichik majlislar zalida xorijiy hamkorlar bilan yirik investitsiya loyihalari yuzasidan muhokamalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyatida quvvati 1570 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishi loyihasi amalga oshirish bo‘yicha Sojitz hamda Kyuden (Yaponiya) kompaniyalarining «Kyuden Corporation» Prezidenti, janob Ryotaro Yusu va «Sojitz Corporation» boshqaruv bo‘limi direktori, janob Takefumi Nishikava tashrifi munosabati bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyati tomonidan kutib olindi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar issiqlik elektr stansiyasining qurilishi va loyihaga doir elektr tarmoqlarini qurish masalasi yuzasidan o‘zaro fikr va mulohazalar  almashdilar.

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>