Yangiliklar
"Farg‘ona MET” filialida "Yong‘in xavfsizligi" ko‘rik oyligi faol davom ettirilmoqda
  • 14.12.2022
  • 279

⚡️ "O‘zbekiston MET" AJ 2022-yil 28-noyabrdagi 269-sonli burug‘i, 2022-yil 28-yanvardagi 21-sonli buyrug‘i ning 6.1-ilovasi, 4-bandi hamda “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2022-yil 27-noyabrdagi KSH-188a-sonli buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida “Farg‘ona MET" filialida “Yong‘in xavfsizligi" ko‘rik oyligini filial hodimlari ishtirokida faol targ‘ib qilish uchun yig‘ilish o‘tkazildi.
 
️Yig‘ilish davomida filial direktori  Sh.Sh.Kamilov yig‘ilish ishtirokchilariga "Yong‘in xavfsizligi qoidalari" qo‘llanmasi talablariga rioya qilinishi, elektr qurilmalarni qishki mavsumda yong‘inga xavfsiz ishlashga tayyorlash, yong‘in-texnik komissiyalari tashkil qilish, ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari faoliyatini faollashtirish, davlat yong‘in nazorati organlari ko‘rsatmalarini bajarish, yong‘inlarning oldini olish ishlariga xodimlarni kengroq jalb qilish maqsadida filialning barcha xodimlari o‘rtasida, shuningdek, aholi o‘rtasida ham yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.

⚡️Yig‘ilish yakunida filial direktori bo‘lim va xizmat rahbarlariga "Yong‘in xafsizligi" ko‘rik oyligini barcha hodimlar bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazib. Qish mavsumini filial obyektlarida betalofat o‘tkazish bo‘yicha kerakli topshiriqlar berdi.

✍️ "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>