Yangiliklar
FM.103.1 to‘lqinlari — jonli efirda Energiya ta’minotida yuzaga kelgan vaziyatga izoh va tushuntirishlar berildi
  • 12.12.2022
  • 173

«O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlari — jonli efirda energiya ta’minotida yuzaga kelgan vaziyatga izoh va tushuntirishlar berildi.

⚡️ Unda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergiyainspeksiya” nazorat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari N.Norboboyev, shuningdek matbuot kotiblari: "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ — M.Bekmuhammedov, “Hududiy  elektr tarmoqlari” AJ — F.Nuraliyev va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ — U.Urunovlar ishtirok etishdi.

Shuningdek, jonli efir paytida tinglovchilarga (iste'molchilarga) uzbekistonmet.uz veb-saytida e'lon qilingan «ENERGIYA SAMARADORLIGI VA TEJAMKORLIGI NIMA?» nomli maqola  bilan tanishish tavsiya etildi.

Radioboshlovchi jurnalist Ra’no Raupova.

Eslatib o‘tamiz, radiomuloqot kechki dasturlarda takroran efirga uzatilishi mumkin.

Veb-sahifaFacebookInstagramYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>