Yangiliklar
“Ustoz-shogird” an'anasiga muvofiq malaka oshirish mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
  • 09.12.2022
  • 421

Ma'lumki, kuz-qish mavsumida iste'molning keskin oshishi tufayli elektr jihoz va qurilmalarining to‘la quvvatda ishlashi talab etiladi. Bunday paytda elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga har qachongidan ham e'tiborliroq bo‘lishi lozim.

“Fargona magistral elektr tarmoqlari” filialining 2022-yil 27-noyabrdagi KSH-188a-sonli “Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ko‘rik oyligini o‘tkazish” to‘g‘risidagi buyrug‘ini ijrosini ta’minlash maqsadida Filial tarkibidagi  220/110/10/6 kVli “Povulg‘on” podstansiyasida xodimlar bilan ko‘rik oyligida qilinadigan ishlar yuzasidan suhbatlar va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish qoidalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

⚡️ Eslatib o‘tamiz, rahbariyat buyrug‘I va ko‘rsatmalariga ko‘ra ko‘rik oylik tadbirlaridan tashqari yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-xodimlar o‘rtasida ham, boshqa turdosh tashkilot va korxonalarida mavjud bo‘lganidek, “Ustoz-shogird” an'anasiga muvofiq tez-tez malaka oshirish mashg‘ulotlari o‘tkazilib turiladi.

✍️ “Fargona magistral elektr tarmoqlari” filiali Yoshlar Ittifoqi a’zolari

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>