Bugun butun dunyo “yashil” energetikaga o‘tishga intilmoqda. O‘zbekistonda ham bu borada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida yurtimiz sharoitida “yashil” energetikaning qanday turlaridan foydalanish samaraliroq ekani haqida aytib o‘tdi.
“Energetika vazirligi xalqaro ekspertlar bilan birga ham shamol energetikasini, ham quyosh energetikasini chuqur o‘rganib chiqqan. O‘zbekistonning quyosh va shamol atlasi ishlab chiqilgan.
Quyosh orqali qancha elektr energiyasini ishlab chiqarish mumkin bo‘lsa, shamol orqali ham xuddi shuncha elektr energiyasini ishlab chiqarish mumkin.
Shamolning afzal tomoni — faqat kunduz kuni emas, 24 soat energiya ishlab chiqaradi. Quyoshning afzal tomoni esa shamol energiyasiga nisbatan arzonroq. Umuman olganda ikkalasining bir yillik ishlab chiqarish hajmi deyarli teng. Narx jihatdan quyosh energiyasi sal arzonroq”, — dedi Sherzod Xo‘jayev.
Manba: Batafsil — http://dy.uz/D5Z41
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati