Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
  • 06.12.2022
  • 331

⚡️ Avval xabar berlganidek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ balansida bo‘lgan, mamlakatimizning tog‘li hududlari orgali o‘tgan 220–500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari  navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.

Misol uchun, «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli, ishchi texnik nomi L-DNS-2-2  bo‘lgan elektr tarmog‘ining konstruktiv elementlari navbatda tashqari ko‘rikdan o‘tkazildi.

Muhandis-texnik xodimlar tomonidan ko‘rik jarayonida aniqlangan kamchiliklar — tayanch ustunlarining yaroqsiz holga kelgan qo‘shimcha qismlari yangilanib, sozlash-ta’mirlash ishlari olib borildi.

Qo‘shimcha ma’lumot:

❗️ Eslatib o‘tamiz, yirik qushlarning ajratmalari (qush axlati) shoda izolyatorlardagi dielektriklik xossasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, elektr tarmoqlarida qisqa tutashuv sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishadi.

⚡️ Natijada elektr ta'minoti tizimida favqulotda o‘chish sodir bo‘lib, ko‘pgina hollarda qushlarni o‘zi ham nobut bo‘lishi mumkin.

Ushbu favqulotda o‘chish holatlarini bartaraf etish va qushlarni himoya qilish maqsadida “O‘zbekiston MET” AJ tasarufidagi 110–500 kVli elektr uzatish havo tarmoqlarida qushlarga qarshi himoya moslamalarining 4 xil turidan samarali foydalanilib kelinmoqda.

✍️ «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>