Yangiliklar
Ish yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
  • 02.12.2022
  • 298

Bugun, 2022-yil 2-dekabr sanasi kuni «O‘zbekiston MET» AJning kichik majlislar zalida Ijro tizimi ish faoliyatini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan muhokamalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.Nazirov ish yuritish tizimi hamda ijro intizomi samaradorligini oshirish, bunda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Muhokamalarda, shuningdek, Ishlarni yuritish boshqarmasi (Devonxona), Ijro intizomini nazorat qilish bo‘limi, Yig‘ma axborot-tahlil boshqarmasi, Boshqaruvi raisining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda Axborot xizmatining tavsiyalari eshitildi.

Yig‘ilishi so‘nggida qabul qilingan qarorlar bayonnoma orqali rasmiylashtirilib, ichki tartibda ijroga yo‘naltirish kelishib olindi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>