Yangiliklar
Andijon magistral elektr tarmoqlari filiali binosiga 30 kVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi
  • 29.11.2022
  • 442

Elektr stansiya yiliga 54 ming kVt-soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Buning natijasida, 18 ming kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Stansiya korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan yillik xarajatini 24 mln so‘mga kamaytiradi. Bundan tashqari, korxona binosini kunduz kuni to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, ehtiyojidan ortgan qismini tarmoqqa uzatadi.

▶️@minenergy_uz

Manba: https://t.me/minenergy_uz/6468

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>