Yangiliklar
“Energo-IT” filiali — millat uchun Vatan ramzlari muqaddas!
  • 18.11.2022
  • 341

Har bir xalq, millat uchun o‘z vatanining ramzlari muqaddas hisoblanadi. Chunki ularda o‘sha xalqning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, asriy an’ana va urf-odatlari o‘z aksini topadi. Ana shunday ramzlardan biri bu davlat bayrog‘idir.

Shak-shubhasiz jonajon O‘zbekistonimiz bayrog‘i dunyodagi eng chiroyli va ko‘rkam bayroqlardan biridir. U bizning hech kimdan kam emasligimiz va aslo kam bo‘lmasligimizni ifoda etadi. Har safar sport arenalarida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko‘rgazmalarida yurtimiz bayrog‘i yuqori ko‘tarilganda qalbimizni qiyosi yo‘q g‘urur va iftixor hislari egallab oladi.

Bugun vatanimizning barcha go‘shalarida bayrog‘imiz qabul qilinganligining 31 yilligi keng nishonlanmoqda.

Ushbu kun munosabati bilan “Energo-IT” filiali yoshlar yetakchisi tomonidan davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsoli ekanligi hamda Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini va buni har kim yodda tutishi shartлигини filial yoshlariga eslatib o‘tdi.

✍️ “Energo-IT” filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a’zolari 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>