Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi modernizatsiya jarayonlari davom ettirilmoqda
  • 10.11.2022
  • 415

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-sentabrdagi PQ–3284-sonli qarori ijrosini bajarish maqsadida, «O‘zbekiston MET» AJning tegishli topshiriqlariga binoan, «Farg‘ona MET» filialining 220/110/10 kV li "Farg‘ona" podstansiyasidagi VVN–220 rusumli jami 4 jamlanma o‘chirgichlar LTB-245E1-1P-50kA rusumli eligazli o‘chirgichlarga,  shuningdek, VVN-110 rusumli jami 16 jamlanma havoli o‘chirgichlar yangi turdagi LTB-145D1/B rusumli elegazli o‘chirgichlarga almashtirildi.

⚡️ Podstansiyada amalga oshirilayotgan ishlar natijasida havo kompressorlariga ehtiyoj qolmadi va podstansiyaning ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasi iste'moli kamayishiga erishildi.

Fotolavhada navbatdagi OTQ-220/110 kV dagi yangi o‘rnatilgan zamonaviy o‘chirgichlar va 220 kVli «Farg‘ona» podstansiyasi xodimlari tomonidan demontaj qilinayotgan kompressor qurilmalari aks etgan.

✍️ «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>