OAV va jamoatchilik bilan ishlash
Barcha elektr stansiyalari texnik ekspluatatsiyadan o‘tkazilishi shart
  • 20.10.2022
  • 288

Hukumat qarori bilan (609-son, 18.10.2022 y.) O‘zbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari tasdiqlandi.

✅ Qoidalarga muvofiq, qurilishi tugallangan IES, GES, QES, SHES va boshqa elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar ekspluatatsiyaga qabul qilinishi kerak.

Ekspluatatsiyadan oldin quyidagilar amalga oshiriladi:

► uskunalarning individual sinovlari, asosiy va yordamchi uskunalarning sinov tarzida ishga tushirilishi bilan tugaydigan energobloklar uchun alohida tuzilmalarning funksional sinovlari;

► uskunalarning kompleks sinab ko‘rilishi.

! Energetika ob'ektlarida ishlashga maxsus maʼlumotga ega va tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga ruxsat beriladi.

Tezkor va tezkor-taʼmirlash xodimlari kamida 3 oyda bir marta avariyaga qarshi nazorat mashg‘ulotlarini o‘tishlari shart.

Shuningdek, Qoidalarda energetika ob'ektlarining ekspluatatsiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish tartibi belgilangan.

Manba: https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/4535

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmat

>