OAV va jamoatchilik bilan ishlash
uza.uz — O‘zbekiston-Xitoy: kimyo va gaz-kimyo sanoatida strategik hamkorlik rivojlanadi
  • 08.11.2022
  • 239

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Xitoy Xalq Respublikasining kimyo-muhandislik milliy korporatsiyasi prezidenti Ven Gan boshchiligidagi delegatsiya a’zolari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda tomonlar kimyo sanoatini yanada rivojlantirish masalalari va istiqbolli yo‘nalishlarning keyingi bosqichlarini muhokama qildi.  

O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida kimyo va gaz-kimyo sanoati sohasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘lami yildan-yilga sezilarli darajada oshib borayotgani va bu borada ayniqsa, Kimyo-muhandislik milliy korporatsiyasining (CNCYeC) o‘rni yuqori ekani haqida so‘z yuritildi.  

– Men so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta O‘zbekistonga tashrif buyurdim va ko‘rib turibmanki, O‘zbekiston barcha sohalarda sezilarli darajada taraqqiy etganiga guvoh bo‘ldim. Ishonchim komilki, hamkorligimiz kelajakda yanada rivojlanadi, – dedi korporatsiya prezidenti Ven Gan.  

Hozirgi kunda CNCYeCning “China National Chemical Engineering No. 7 Construction Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan kimyo va gaz-kimyo sanoatining “Ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Metanolni polipropilenga (MTR) qayta ishlash majmuasi qurilishi”, “Metanolni olefinlarga (MTO) qayta ishlash majmuasini qurish”, “Polibutilenadipattereftalat (PBAT) ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda.  

Bundan tashqari xorijiy tomon oqova suvlarni tozalash inshootlari va infratuzilmasini qurish, avtomobil yo‘llari qurish, shuningdek, kam uglerodli rivojlanish va qayta tiklanuvchi yashil energiya manbalari loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.  

Uchrashuv yakunida  ikki mamlakat o‘rtasida kimyo va gaz-kimyo sanoatida strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni imzolandi.  

 

O‘zA  

Manba: https://uza.uz/oz/posts/

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>