Yangiliklar
220 kVli «Qarshi» podstansiyasidagi qurilish-montaj ishlari tungi soatlar davomida yakunlandi
  • 05.11.2022
  • 167

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 220 kVli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya dasturiga asosan 2022-yil 05-noyabr kuni soat 00:00dan 5:00ga qadar qurilish-montaj, ta'mirlash-sozlash ishlari olib borildi va muvaffaqiyatli yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tungi vaqtda, ya'ni iste'mol hajmi sezilarli darajada kamayganda, iste'molchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik maqsadida, ta'mirlash-sozlash ishlarni tonggi soatlarga qadar yakunladi va 200 MVA quvvatiga ega bo‘lgan AT–1 ta'mirga chiqarilganda uning yuklamasi 125 MVA quvvatga ega transformatorga o‘tkazilib,  AT–2 to‘la quvvatda ish faoliyatini davom ettirdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>