Yangiliklar
Diqqat, e'lon! Modernizatsiya dasturining qurilish-montaj ishlari davomida (tunda, 5 soat) Qashqadaryo viloyatining ayrim tarmoqlariga cheklovlar kiritilishi mumkin
  • 04.11.2022
  • 212

«O‘zbekiston MET» AJ tarkibidagi “Qashqadaryo magistral (https://t.me/uzmetaxborotxizmati/15116) elektr tarmoqlari” filiali balansida bo‘lgan 220 kVli “Qarshi” podstansiyasida modernizatsiya ishlari olib borilayotganligi sababli 2022-yil 05- noyabr kuni soat 00:00dan 5:00ga qadar Qarshi shahrining ayrim hududlari, jumladan: Qarshi, Kasbi, Mirishkor, Nishon hamda Chiroqchi tumanlarini ta'minlovchi ayrim elektr tarmoqlariga vaqtincha cheklovlar kiritilishi mumkin.

Tungi vaqtda, ya'ni iste'mol hajmi sezilarli darajada kamayganda, 200 MVA o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega bo‘lgan AT–1 avtotrasformatori ma'lum muddatga (5 soat) ta'mirga chiqariladi.

⇒ Eslatib o‘tamiz, 200 MVA quvvatiga ega bo‘lgan AT–1 ta'mirga chiqarilganda uning yuklamasi 125 MVA quvvatga ega transformatorga o‘tkazilib,  AT–2 to‘la quvvatda ish faoliyatini davom ettiradi.

⚡️ Keltirilgan noqulaylik uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz.

 Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>