OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
  • 26.10.2022
  • 209

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida vazirliklari tasarrufidagi jami 20 340 ta ijtimoiy soha muassasalardan 3 207 tasida o‘rnatilgan tashqi, ichki elektr va issiqlik qurilmalari hamda isitish uchun o‘rnatilgan qozonlarning holati yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazilgan.
 

 
 

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra 1 995 ta muassasada qurilmalarning texnik holati qoniqarsizligi aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, ijtimoiy soha muassasalardagi ko‘mir omborlarida ko‘mir yoqilg‘isining saqlanishi holati yuzasidan 13 474 ta ko‘mir bilan ishlaydigan muassasadan 2 687 tasida inspeksiya tomonidan o‘rganishlar o‘tkazildi. Natijada 834 ta muassasadagi ko‘mir saqlash omborlari holatining qoniqarsizligi aniqlandi va ularni bartaraf etish bo‘yicha 627 ta ko‘rsatmalar berildi.
 

 
 

Respublikamizdagi ko‘p qavatli uylardan 3 837 tasida o‘rnatilgan elektr va issiqlik qurilmalarining texnik holati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda 1 814 ta kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, ularni joyida bartaraf etish yuzasidan uy-joy kommunal xizmatlariga 601 ta ko‘rsatmalar berildi.

2022-2023-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 4 706 ta ijtimoiy soha obyektlari hamda 2 510 ta ko‘p qavatli uylarda o‘rganishlar o‘tkazilib, 3 779 ta holatda kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilanib, ulardan 500 tasi joyida bartaraf etilishiga erishildi.
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

Manba: https://minenergy.uz/uz/news/view/2230

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

>