Yangiliklar
Iste'molchilar diqqatiga! Elektr ta'minotidagi qisqa muddatli uzilishlar bartaraf etilmoqda!
  • 19.10.2022
  • 287

O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmatining xabar berishicha, Respublikamizning turli hududlarida elektr uzatish tarmoqlarida to‘planib qolgan mayda chang zarralari, shuningdek, yog‘ayotgan yomg‘irlar elektr elektr ta'minotidagi uzilishlarni keltirib chiqarmoqda.

 

⚡️ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizim korxonalari tomonidan hududlarda avvaldan tashkil etilgan tezkor chiqish brigadalari sa'y-harakati bilan ayni noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan mavjud muammolar tez fursatlarda bartaraf etilmoqda.

Ayni paytda hududlarda tashkil etilgan tezkor brigadalar tomonidan ayrim hududlardagi elektr ta'minotida yuzaga kelgan nosozliklar tez fursatlarda bartaraf etilayotgani, elektr ta'minotidagi qisqa muddatli uzilishlar sovuq havo bilan bog‘liq bo‘lmay, mazkur holat elektr qurilmalaridagi yuqori darajadagi chang va birinchi yoqqan yomg‘ir natijasida texnik nosozliklarni keltirib chiqarishi bilan bog‘liqligi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilindi.

☎️ Shu o‘rinda iste'molchilardan zarur hollarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning qisqa raqamli 1154 Sall-markazi hamda Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot  kanali orqali o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkin ekanligini eslatib o‘tmoqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

Ma'lumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining Call centre raqami +998 (55) 500-5545  orqali Aksiyadorlik jamiyatining asosiy ish faoliyati — yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalar faoliyati bilan bog‘liq savollarga javob beriladi

 

► Qo‘shimcha ma'lumotlar:

ELEKTR ENERGETIKA: TARIXI, AHAMIYaTI, DUNYo, MDH, MARKAZIY OSIYo VA O‘ZBeKISTONDAGI RIVOJI

Magistral elektr tarmoqlari tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish yuzasidan e'lon qilingan Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlanmoqda

Yangi elektron dasturdan “Milliy dispetcherlik markazi” DUK faoliyatida kengroq foydalaniladi

Energetika vazirligi huzurida milliy dispetcherlik markazi tashkil etildi

«Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi

Milliy dispetcherlik markazi o‘z faoliyatini boshladi

  Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etilib, Markaz faoliyatining Nizomi tasdiqlandi

 

Veb-sahifaTelegram  ‖ FacebookInstagramTwitterUtubeYoutube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

 

t.me/uzmetaxborotxizmati

>