OAV va jamoatchilik bilan ishlash
minenergy.uz — Samarqanddagi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushganiga to‘rt oydan oshdi. Qanday natijalarga erishildi?
  • 14.10.2022
  • 234

2022-yil 24-may kuni Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 100 MVt quvvatli O‘zbekistondagi ikkinchi yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgan edi. Birinchisi 2021-yil 27-avgust kuni Navoiy viloyatining Karmana tumanida ishga tushirilgan edi.

Hozirda stansiya kuniga o‘rtacha 900 ming kVt-soat elektr energiya ishlab chiqarmoqda.

Stansiya ishga tushgandan to bugungi kunga qadar 120 mln kVt-soatdan ortiq elektr energiya ishlab chiqardi.

Shuningdek, stansiya yiliga 75 million kub metr tabiiy gazni tejab, atmosferaga 100 ming tonnaga yaqin issiqxona gazlari chiqarilishining oldini oladi.

Ma’lumot uchun: ushbu stansiya 80 ming xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.

 

O‘zbekiston Respublikasi

▶️@minenergy_uz

▶️@prminenergy

Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/6066?single

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati


Energetika vazirligi Matbuot xizmati

>