Yangiliklar
Energetika vazirligi mutaxassislari AQSH Geologiya xizmatida tashkil etilgan seminar-treningda ishtirok etdi
  • 13.10.2022
  • 437

Davlat geologiya qo‘mitasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Geologiya xizmati (USGS) o‘rtasida imzolangan o‘zaro anglashuv Memorandumi asosida respublikaning energiya resurslar salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda.

USGS bilan hamkorlikda respublikamizning slanes gaziga istiqbollarini o‘rganish maqsadida Samarqand, Markaziy Qizilqum va Buxoro-Xiva neftgazli hududlarida kaynazoy hamda mezozoy yotqiziqlarini chuqur tahlil qilish ishlari ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish va dala ishlaridan olingan ma’lumotlarni o‘rganish maqsadida Energetika vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda soha institutlar mutaxassislari AQSH Geologiya xizmatining “Energiya resurslarini baholash uslubiyati, ma’lumotlar bazasi va geoaxborot texnologiyasi”ga bag‘ishlangan seminar-treningda ishtirok etdilar.

Manba: https://t.me/minenergy_uz/6056

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>