Yangiliklar
Online: Turdosh tashkilotlar ishtirokida taqdimot: energotizimning raqamli modeli va interaktiv xaritasi
  • 12.10.2022
  • 414

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 30-avgust sanasida "UZASSYSTEM" QK tomonidan ishlab chiqilgan elektron dastur — O‘zbekiston energotizimidagi elektr tarmoqlarining raqamli modeli va interaktiv xaritasi loyihasining ishchi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

Ayni paytda, 2022-yil 12-oktyabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ majlislar zalida Energetika vazirligi va Vazirlik tizimidagi elektr energetika tarmog‘i korxonalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston energotizimining raqamli modeli va interaktiv xaritasi taqdimoti bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisining taklifiga ko‘ra dastur birmuncha takomillashtirilib, davlat tiliga o‘girilgan. Shuningdek, D.A.Isaqulov dasturdan foydalanish bo‘yicha Nizom ishlab chiqish, unga turdosh tashkilotlarga tegishli ma'lumotlarni kiritish tartibini aniqlash yuzasidan mutaxassislarga topshiriqlar bergan edi.

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagram ‖  Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>