Yangiliklar
«Farg‘ona MET» filialida «Xavfsizlik texnikasi kuni» tadbirlari o‘tkazildi
  • 12.10.2022
  • 355

«Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filialining 2022-yil 7-oktyabr sanasidagi KSh-160-sonli buyrug‘iga asosan Farg‘ona viloyatida joylashgan yuqori kuchlanishli podstansiya hamda elektr tarmoqlari ob'ektlarida «Xavfsizlik texnikasi kuni» tadbirlari o‘tkazildi.

⚡️ Tadbir davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq, xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi, xavfsiz ish sharoitini yaratish qoidalari hamda xodim jarohat olganga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Mashg‘ulotlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tushuntirishlar berilib, olingan bilim va ko‘nikmalar test savollari orqali mustahkamlandi.

✍️   «Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari» filiali Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti a'zolari

Veb-sahifa ‖  FacebookInstagram ‖  Youtube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

t.me/uzmetaxborotxizmati

>