Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi fuqarolar murojaati bo‘yicha shaxsiy qabul o‘tkazdi
  • 11.10.2022
  • 347

Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasining 341-son qarori bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomning  56-bandida Davlat organlari, tashkilotlari rahbarlari tomonidan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsiy, sayyor va ommaviy qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq o‘tkazilishi hamda bu haqdagi axborot, qabul qilish tartibi ularni davlat organlari, tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida e'lon qilish belgilangan.

Bugun, 2022-yil 11-oktabr sanasida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Aksiyadorlik jamiyati ma'muriy binosida fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida Murojaatlar bo‘limi orqali shaxsiy qabulga oldindan yozilgan va taklifdan so‘ng tashrif buyurgan fuqarolar ko‘targan masalalarga ish faoliyati bevosita taalluqli bo‘lgan bo‘lim, xizmat va boshqarma vakillari ham ishtirok etishdi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>