Energetika vazirligi: Sirdaryo viloyatida yangi elektr stansiya ishga tushirilmoqda
Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan yangi gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda.
Obyektda kurilish-montaj ishlari yakunlanib sozlash va ishga tushirish ishlari bajarilmoqda. Kecha, 9-oktabr kuni elektr stansiyaning ilk gaz-porshenli qurilmalari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Stansiya ikki hafta ichida O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga ulanib, quvvat uzatishni boshlaydi.
Elektr stansiya yiliga 1,7 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29-mart kuni O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari tomonidan mazkur elektr stansiya qurilishiga start berilgan edi.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati
Маnbа: https://t.me/minenergy_uz/6040
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati