Yangiliklar
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlari
  • 10.10.2022
  • 427

E'tiboringizga yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda 2022/2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlari bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etamiz.

2022/2023-yil kuz-qish mavsumida respublika iste'molchilarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlash maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2022-yil 15-avgustdagi 200-sonli buyrug‘i imzolanib, 17 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi amaliyotga tatbiq etildi. Rejada ko‘zda tutilgan joriy va kapital ta'mirlash ishlarning barchasi bajarildi.

2022/2023-yillar kuz-qish mavsumida respublikaning maksimal sutkalik elektr energiya iste'moli joriy o‘sish sur'atlari saqlanib qolinsa, 265–270 mln kilovatt•soatni, tig‘iz soatlardagi energotizim ichki maksimal yuklamasi 12 600–12 700 MVt (megavatt) tashkil etishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 8 foizga ko‘p.

 

 Mavsumda kunlik o‘rtacha 18–20 mln kilovatt•soat  elektr energiyasi importni amalga oshirishni hisobga olsak, energotizimda 250 mln kilovatt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish zarur bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Hukumatlararo kelishuvlarga muvofiq imzolangan shartnomalar asosida qo‘shni respublikalardan elektr energiyasi import qilish amaliyoti mavjud.

Energotizimning kutilayotgan tig‘iz soatlardagi jami 13 000 MVt (eksport bilan birgalikda) iste'mol quvvatini qoplash uchun elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar 12 300 MVt ishchi quvvatni ta'minlashi zarur bo‘ladi.

 

 

Magistral elektr tarmoqlarini mavsumga tayyorlash borasida tuzilgan chora-tadbirlar rejasiga asosan 10 ta transformator, 66 ta 110–500 kVli o‘chirgich, 14 ta kompressor qurilmasi va 811 km uzunlikdagi 110–220–500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlari mukammal ta'mirlandi.

Shu bilan birga, 267 ta transformator, 1520 ta o‘chirgich, 22 ta havo kompressori hamda 4308 km uzunlikdagi havo elektr uzatish tarmoqlari davriy rejaga nisbatan joriy ta'mirlandi.

 

Modernizatsiya dasturi doirasida joriy yilda podstansiyalar quvvatini 1616 MVAga (megavoltamperga) oshirish belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 8 ta podstansiyada ishlar to‘liq yakunlandi va o‘tkazuvchanlik quvvati 1116 MVAga oshirildi.

 

 

 Yil oxiriga qadar podstansiyalarda o‘tkazuvchanlik quvvati jami 1678 MVA oshiriladi.

Shuningdek, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 65 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular maxsus avtotransport, zaruriy ehtiyot qismlar, shuningdek, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq ta'minlangan.

120 tonna transformator va 540 kilogramm kompressor moyi, 1000 kilogramm texnik plastina, 7 tonna turli rusumli simlar, 46 dona metall tayanchlar, 26 dona temir-beton tayanchlar, 15 dona turli quvvatdagi transformatorlari zaxirasi yaratildi.

 

 

 

Mavsum uchun jami 314 ta avtotransport vositalari, shundan, 161 ta maxsus avtotransport, 96 ta yuk avtotransporti, 59 ta mexanizmlar shay holatga keltirilgan.

Ma'lumot so‘nggida shuni ma'lum qilamizki, Magistral elektr tarmoqlarida 2022/2023-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi.

 

E'tiboringizga “O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati tomonidan 2022/2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasida OAV hamda jamoatchilik e'tiboriga taqdim etilgan materiallar xronologiyasini taqdim etamiz:

 

10.10.2022 — AOKAda brifing: Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yakunlari
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2803

10.10.2022 — Energetika vaziri tizimda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2802

06.10.2022 — «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2791

06.10.2022 — TAQQOS VA TAHLIL: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda 2012–2022-yillarda yaratilgan o‘tkazuvchanlik quvvati dinamikasi
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2789

05.10.2022 — «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali: 2022–2023 -yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2782

04.10.2022 — “Farg‘ona MET” filiali: eski rusumdagi o‘chirgichlar zamonaviylariga (elegazli) almashtirilmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2795

03.10.2022 — «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2772

03.10.2022 — "Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2771

30.09.2022 — "Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining yakunlanayotgani to‘g‘risida hisobot
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2767

29.09.2022 — “Namangan MET” filialida avariya va yong‘inga qarshi amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2765

10.09.2022 — Yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi elektr jihozlari zamonaviylari hisobiga yangilanmoqda
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2716

06.09.2022 — “O‘zbekiston MET” AJ: Qirg‘izistonlik energetiklar bilan kuz-qish mavsumidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2702

31.08.2022 — Farg‘onalik energetiklar tomonidan avariyali holatlarining oldini olishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2686

30.08.2022 — O‘zbekiston energotizimining raqamli modeli va interaktiv xaritasi yaratildi
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2683

30.08.2022 — Energetika vazirligi: yil boshidan yuqori kuchlanishli 6 ta podstansiya quvvati 591 MVAga oshirildi
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2678

25.08.2022 — “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” korxonasi: Maqsadimiz – elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lmasligiga erishish
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2663

24.08.2022 — «Qoraqalpog‘iston MET» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2662

22.08.2022 — «Nurafshon» sihatgohi: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2653

18.08.2022 — “Jizzax MET” filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2644

16.08.2022 — “O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.Nazirov boshchiligidagi delegatsiya vakillarining 2022-yil 3-4-avgust kunlari Dushanbe (Tojikiston) shahridagi xizmat safari natijalari to‘g‘risida hisobot
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2638

12.08.2022 — «Namangan MET» filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2630

10.08.2022 — “Farg‘ona MET” filiali: 2022–2023-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2627

10.08.2022 — Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalarda kuz-qish mavsumining dastlabki amaliyotlari boshlandi
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/2618

 

U.P.Urunov, “O‘zbekiston MET” AJ axborot xizmati rahbari

 

http://nuz.uz/?p=1257540


«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati

>