Yangiliklar
Online: Tender takliflarini ochish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda!
  • 07.10.2022
  • 282

Avval ma'lum qilinganidek, Jahon bankining  joriy yil 30-avgustdagi rozilik xatiga asosan tender takliflarini topshirishning oxirgi muddati 2022-yil 7-oktyabr sanasigacha (soat 11:00) uzaytirilgan edi.

⚡️ Bugun, 2022-yil 7-iyul kuni e'lon qilingan «Yangi 500 kV kuchlanishli «Halqa» podstansiyasi hamda 220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish» investitsiya loyihasi doirasida “220 kV va 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish” loyihalari bo‘yicha tender takliflarini ochishi jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu loyiha tenderlari ikkita Lotga bo‘lingan:

▶️ 1-Lot - 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish (213 km);

▶️ 2-Lot - 500 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish (72 km).

Ma'lumot o‘rnida: Ushbu tenderda  ishtirok etish uchun hozirgi kunga qadar 58 ta kompaniyadan qiziqish bildirishnomalari olingan.

✍️ Investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi

Axborot xizmati

>