Yangiliklar
«O‘zbekiston MET» AJ vakillari Qarshi shahridagi sanoat yarmarkasida ishtirok etmoqda
  • 06.10.2022
  • 298

 Ayni paytda Qarshi shahrida «Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi» o‘z ishini boshladi. Navbatdagi yarmarka ishida «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali ishtirok etmoqda.

 Sanoat yarmarkasida o‘nlab yirik sanoat korxonalari qatorida yurtimizning turli nuqtalaridan tashrif buyurgan yuzdan ziyod o‘rta va kichik biznes vakillari, tadbirkorlar ishtirok etshmoqda.

 Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimov, «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi M.Abdullayev, avvalo yurtimizda tadbirkorlik muhitini yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Sanoat yarmarkasi tashkilotchilari, homiy va hamkorlar ishini yuqori baholashdi.  

 Sanoat yarmarkasida ko‘plab shartnoma va bitimlar imzolanishi kutilmoqda. «O‘zbekiston MET» AJ mutaxassislari elektr qurilma va asboblarini mahalliy tadbirkorlar bilan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘z takliflarini bildirmoqda.

 

✍️   Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>