Qiziqarli xabarlar
Yil boshidan buyon O‘zbekistonda oltita yangi elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi
  • 06.09.2022
  • 291

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda umumiy quvvati 1254 MVt bo‘lgan oltita yangi elektr stansiyasi – beshta issiqlik elektr stansiyasi (IES) va bitta quyosh elektr stansiyasi (QES) ishga tushirildi.

Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi gaz porshenli IES — 270 MVt;
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi yopiq siklda bug‘-gaz qurilmasi — 240 MVt;
Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidagi IES —174 MVt;
Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi gaz porshenli IES — 230 MVt;
Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi zamonaviy IES — 240 MVt;
Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi quyosh elektr stansiyasi — 100 MVt.

Avvalroq Sirdaryo viloyatida yangi elektr stansiyasini qurish ishlari boshlanishi haqida xabar bergan edik.

#O‘zbekiston

Manba: https://t.me/clearenergy/1615

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

 

>